Maqolalar

Rahimov Matematika Olimpiadasi: Toshkentda 100% grant asosida o'qish imkoniyati!

Chekka qishloqlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni sifatli ta'lim bilan ta'minlash maqsadida Rahimov School xususiy maktabi 5-6-7-8 sinflar uchun Rahimov Matematika Olimpiadasini e'lon qiladi!

❗️Olimpiada shartlari:

●5-6-7-8-sinflar qatnashishi mumkin
●G'oliblar orasidan har bir sinf uchun 3 tadan jami 12 ta o'quvchi Rahimov School'ga o'qish, yotoqxona, ovqat xarajatlarini ham ham qoplaydigan 100% lik grantga qabul qilinadi

🔥 Olimpiada bosqichlari:

●Birinchi bosqich: Onlayn
●Ikkinchi bosqich: Rahimov School Ibn Sino filialida oflayn yozma ish
●Uchinchi bosqich: Suhbat

📊 Birinchi bosqich tartibi:

●Format: 25 ta ochiq test savollari.
●Baholash: Har bir savol 2 balldan (jami 50 ball).
●Vaqt: 150 daqiqa
Saralash: 80% va undan yuqori natija ko‘rsatganlar keyingi bosqichga o'tadi

✍️ Ikkinchi bosqich tartibi:

●Format: 5 ta topshiriqdan iborat yozma ish.
●Baholash: Har bir topshiriq maksimal 10 ball bilan baholanadi.
Saralash: eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar saralab olinadi.

🌟 Uchinchi bosqich tartibi:

●Suhbatdan 12 nafar o'quvchi mutloq grant sohibiga aylanadi

✅ G‘oliblar uchun yaratilgan imkoniyatlar:

Saralangan o‘quvchilar Rahimov School maktabiga qabul qilinadi va quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:
●Bepul ta’lim va sifatli o‘quv jarayoni.
●Bepul yotoqxona va oziq-ovqat
●Fan doktorlari (DSc) va Xalqaro olimpiada sovrindorlari tomonidan xalqaro musobaqalarga maxsus tayyorgarlik

🗓️ Imtihon sanasi:

●Imtihon sanasi tez orada@rs_olimpiada kanalida e'lon qilinadi

👇 Roʻyxatdan oʻtish uchun👇

Toshkentdagi Rahimov School matematika olimpiadasi va 100 foizlik grantlar
Rahimov Matematika Olimpiadasi: Iqtidorli yoshlar uchun nufuzli universitetlarga yo'llanma
Aziz Rahimov va Rahimov School xususiy maktabining 12 ta mutloq grant dasturi
Maktab asoschisi Aziz Rahimov: "Bizning maqsad — chekka hududlardagi iqtidorlarni kashf etish"