Rahimov School’da 1-sinf o‘quvchilari uchun an’anaviy “Bilimlar saltanati” nomi ostida yuqori saviyada va katta quvonch bilan o‘tkazildi. Tadbirda o‘zbek, ingliz va rus tillarida ta’lim olayotgan sinflar faol ishtirok etib, o‘z bilimlari va ijodkorliklarini namoyish etdilar.
Alifbe bayrami — bu bolalar uchun ilk katta sahna tajribasi. Eng quvonarlisi shundaki, darslarning boshida biri yig‘lab, biri qo‘rqib, biri uyalibgina turgan bolalar bugun o‘zlarini maktab egalaridek ishonch bilan tutib, erkin va kreativ chiqishlari bilan ota-onalar hamda ustozlarni hayratga soldi.
Tadbir davomida:
– O‘quvchilar she’rlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan chiqish qildi
– Milliy qadriyatlar va zamonaviy yondashuv uyg‘unlashdi
– Ingliz va rus tillarida ham tomoshabinlar uchun sahna ko‘rinishlari tayyorlandi

Alohida e’tibor torgani hali kelganiga 6 oy bo'lmagan bolalar ingliz va rus tillarida ham ravon nutq bilan teatr sahnalari tashkil qilishdi. Qimmat va Zumrad ertagiga qaratildi. O‘quvchilar ushbu ertakni kreativ va zamonaviy ruhda, an’analarimizga urg‘u bergan holda sahnada jonlantirib, tomoshabinlarga chuqur taassurot qoldirishdi.
Tadbirga 100 ga yaqin ota-onalar va ustozlar mehmon sifatida tashrif buyurishdi.
Bayram davomida:
– Bolalarning sahnadagi ishonchi;
– O‘z fikrini erkin ifodalashi
– Jamoa bo‘lib ishlashi
– Til ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi
Rahimov School’da o‘tkazilgan Alifbe bayrami nafaqat tantana, balki bolalarning shaxs sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadigan muhim bosqich bo‘ldi.
Rahimov School oʻzi qanday maktab?
Rahimov School — qadriyatlarga asoslangan va innovatsion ta’lim tizimi bilan tanilgan o’zbek xususiy maktabi. Maktab asoschisi Aziz Rahimov, 8 yillik pedagogik tajribaga ega tadbirkor. Maktab bitiruvchilari IELTS va SAT imtihonlarida yuqori natijalar ko‘rsatmoqda. 2024–2025 o‘quv yili yakunida 45 nafar bitiruvchidan 44 nafari IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. 30 nafar bitiruvchi xalqaro universitetlar tomonidan grant asosida o‘qishga taklif qilingan, ulardan 12 nafari 100% grantga ega bo‘ldi.
2024-2025-oʻquv yilida maktab o‘quvchilari 2350 marotaba kitob o‘qib topshirdi, bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 3 baravar o‘sdi, maktabda kitobxonlik darajasi esa 55% ga yetdi. Shu bilan birga, o‘quvchilar arab tilidan 15 ta xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi va fan hamda sport yo‘nalishidagi 100 dan ortiq olimpiada va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashdi.
Rahimov School pedagoglari ota-onalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, bolalarning rivoji, muammolari va yutuqlari bo‘yicha tahlillar olib boradi. Ota-onalarning 91%i maktabni boshqalarga tavsiya qilishlarini bildirishdi, bu esa ta’lim tizimiga bo‘lgan ishonchning ortayotganini ko‘rsatadi.
1-3 mahal pokiza va mazali taomlar tanovul qilishadi. Bolalarga gazli ichimliklar, shakar miqdori yuqori bo‘lgan shirinliklar berilmaydi.
Maktabda o’zbek, rus va ingliz sinflari mavjud. Darsdan tashqari fan va sport to’garaklari bor. Hozirda maktabning 3 ta filiali mavjud 0-11-sinfgacha qabul jarayonlari davom etmoqda!
Rahimov School - farzandingiz munosib joyda ta’lim olsin!
Maktab manzillari:
1-filial: Mirzo Ulug’bek tumani, Lokomotiv Parki ro'parasida
2-filial: Shayxontohur tumani, Ibn Sino mavzesi
3-filial: Farg’ona shahar, Ohu kafesi va eski birja binolar o’rtasida
Aloqa uchun telefon: +998 78 113 0005
Rahimov Kids bog’chasi:
Manzil: Shayxontohur tumani, Farobiy ko'chasi 32
Mo'ljal: ToshMI shifoxonasiga kirish
Aloqa uchun telefon:+998 78 113 7 113